Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq shifoxonalarni dezinfeksiya qiladigan robotlar sotib olmoqda
Yevropa komissiyasi Yevropa ittifoqidagi kasalxonalarga taqdim etish uchun 200 dona dezinfeksiyalovchi robot sotib olayotganligini e'lon qildi.
“Aksariyat a'zo davlatlar shifoxonalari bemorlar yotgan palatalarni ultrabinafsha nuri yordamida atigi 15 daqiqa ichida dezinfeksiya qiluvchi bu robotlarni olishga qiziqish bildirdi”, – deyiladi YeK xabarida.
Xabarda aytilishicha, jarayon dezinfeksiya qilinayotgan bino tashqarisidagi operator tomonidan nazorat qilinadi.
Robotlar yaqin haftalarda yetkazilishi kutilmoqda.
Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen shifoxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha choralar ko‘rilishini aytgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 01.06.2026
YeI Rossiya neftiga nisbatan yangi sanksiyalarni tayyorlamoqda
19:40 / 31.05.2026
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
17:10 / 23.04.2026
Ukrainaning qotil robotlari: jang maydoni endi avvalgidek emasmi?
07:34 / 31.03.2026