Jahon | 17:49 / 09.12.2020
3213
1 daqiqa o‘qiladi

Estoniyada barcha ta'lim muassasalari yopiladi

Barcha o‘quvchilar masofadan ta'lim olishga o‘tadi. Bolalar bog‘chalari esa odatdagi tartibda ishlaydi.

Estoniya hukumati koronavirus tarqalishining oldini olish uchun kelayotgan haftadan yangi cheklov choralari kiritadi. Bu haqda rus.postimees sayti xabar berdi.

 Qayd etilishicha, 14 dekabrdan barcha ta'lim muassasalari: maktablar, kasb-hunar bilim yurtlari hamda universitetlar yopiladi.

Barcha o‘quvchilar masofadan ta'lim olishga o‘tadi. Bolalar bog‘chalari esa odatdagi tartibda ishlaydi.

Shuningdek, 14 dekabrdan fan va sport to‘garaklari faoliyati uch haftaga to‘xtatiladi. Cheklovlar professional sportchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Hukumat faoliyati to‘xtashi natijasida eng ko‘p zarar ko‘radigan sohalarga pul kompensatsiyasi berishning qo‘shimcha mexanizmlarini ishlab chiqmoqda.

Bu keyingi kunlarda joriy etilayotgan ikkinchi cheklovdir. Avvalroq 5 dekabr kuni yangi cheklovlar kiritilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid