Jahon | 22:01 / 10.12.2020
5328
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiya Rossiyaning ikki diplomatini mamlakatdan chiqarib yuboradi

Diplomatlar "maxfiy axborot va yuqori texnologiyalar sohasiga aloqador shaxslar bilan aloqa o‘rnatgan". Bu shaxslarning ayrimlari ma'lumot berish evaziga "mukofot" olishgan.

Foto: Xinhua

Niderlandiya hukumati josuslikda gumonlangan rossiyalik ikki diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Niderlandiya razvedka va xavfsizlik umumiy xizmati  (AIVD) ma'lum qildi.

“AIVD yaqinda Rossiya tashqi razvedka xizmati xodimining maxfiy operatsiyasini yo‘qqa chiqardi. Rossiyaning Haagadagi elchixonasida ishlagan razvedka xodimi fan va texnologiyalar sohasida josuslik faoliyatiga jalb qilingan”, — deyiladi xizmat bayonotida.

 Xabarda aytilishicha, elchixonaning yana bir xodimi unga yordam bergan. Mamlakat ichki ishlar vazirligi har ikki diplomatni “persona non grata” deb e'lon qildi.

“Ularga bundan buyon Niderlandiyada diplomat sifatida ishlashga ruxsat berilmaydi, ular mamlakatni zudlik bilan tark etishlari kerak bo‘ladi”, — deyiladi razvedka xizmati bayonotida.

 Aniqlik kiritilishicha, birinchi diplomat “maxfiy axborot va yuqori texnologiyalar sohasiga aloqador shaxslar bilan aloqa o‘rnatgan”. Bu shaxslarning ayrimlari ma'lumot berish evaziga “mukofot” olishgan.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid