Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat tashqi qarzi 18,5 mlrd dollarga yetdi – Moliya vazirligi
Joriy yilning dastlabki 9 oyida davlat tashqi qarzi 2,8 mlrd. dollarga yoki yil boshiga nisbatan 18,0 foizga oshgan.
Moliya vazirligi 2020 yilning III choragi bo‘yicha O‘zbekiston davlat qarzi holati va dinamikasi sharhini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, 2020 yil 1 oktyabr holatiga, O‘zbekiston nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 20,8 mlrd. dollar ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatan 36,8 foizni tashkil etdi.
Xususan, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki 9 oyida davlat tashqi qarzi 2,8 mlrd. dollarga yoki yil boshiga nisbatan 18,0 foizga oshib, joriy yilning 1 oktyabr holatiga 18,5 mlrd. dollarga yoki YaIMga nisbatan 32,8 foizga yetdi.
Shundan:
hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz – 12,7 mlrd. dollar;
hukumat kafolatlagan tashqi qarz – 5,8 mlrd. dollar.
Davlat ichki qarzi, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 23,6 trln. so‘mni (2,3 mlrd. dollar) yoki YaIMga nisbatan 4,0 foizni tashkil etdi.
Shundan:
hukumat nomidan jalb qilingan ichki qarz – 4,7 trln. so‘m (0,4 mlrd. dollar);
hukumat kafolatlagan ichki qarz – 18,9 trln. so‘m (1,9 mlrd. dollar).
Mavzuga oid
08:23 / 18.05.2026
Infografika: dunyoda eng katta tashqi qarzga ega davlatlar
11:20 / 08.05.2026
Nega hamma davlatning qarzi bor? O‘zbekistonning qarzi ko‘pmi-kammi?
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
10:07 / 03.04.2026