O‘zbekiston | 18:43 / 11.12.2020
3393
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjonda harbiy holat bekor qilinadi

Ozarboyjonda 28 sentyabrda, Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlar boshlanganidan so‘ng harbiy holat e'lon qilingandi.

Foto: TASS

Ozarboyjonda 12 dekabrdan boshlab harbiy holat rejimi bekor qilinadi. Mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev tegishli farmonga imzo chekdi.

Ozarboyjonda 28 sentyabrda, Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlar boshlanganidan so‘ng harbiy holat e'lon qilingandi.

27 sentyabr kuni tongda Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar avj olgandi. Bu urush har ikki mamlakat o‘rtasida uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan o‘zaro qarama-qarshilikning eng jiddiysi bo‘ldi.

9 noyabrda Rossiya vositachiligida uch tomonlama (Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida) kelishuv imzolandi va urush to‘xtadi. Kelishuvni Ozarboyjon g‘olib bo‘lganining isboti sifatida qabul qildi va 10 noyabr mamlakatda g‘alaba kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Armaniston uchun esa kelishuv mag‘lubiyat sifatida baholandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid