O‘zbekiston | 12:53 / 17.12.2020
18992
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Abdilxodi Muhiddinovich Iminov Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i imzolangan.

SSV matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, 49 yoshli shifokor Abdilxodi Iminov o‘z faoliyati davomida Namangan shahar 1-conli oilaviy poliklinikasi bosh vrach o‘rinbosari, Namangan shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bosh vrachi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan, shu kungacha Namangan shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

U yangi lavozimda Solijon Mo‘minovning o‘rnini egalladi.

Mavzuga oid