Jamiyat | 10:19 / 18.12.2020
18185
1 daqiqa o‘qiladi

«Abu Saxiy»da uka o‘z akasini pichoqladi

Joriy yilning 16 dekabr kuni soat 16:30lar atrofida, Chilonzor tumanidagi «Toshkent savdo markazi» bozori (sobiq «Abu Saxiy») hududidagi do‘kon yonida 1995 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro N.M. o‘zining 1991 yilda tug‘ilgan akasi O.M. bilan janjallashib qolgan.

Janjal vaqtida N.M. yonidagi pichoq bilan akasining ko‘ksiga sanchib, voqea joyidan yashirinadi. O.M. olgan jarohati tufayli shu kuni kasalxonada vafot etdi.

Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB tomonidan N.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Uni topish choralari ko‘rilmoqda.

IIV matbuot xizmati Shohrux G‘iyosov ushbu xabarni tasdiqladi.

Дилшод Абдуқодиров
Tayyorlagan Дилшод Абдуқодиров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid