Kunduz kuni, odamlar köz öngida bir guruh şaxslar yoş yigitning böyniga piçoq tortib, öldirişga urindi. Kun.uz uşbu piçoqbozlik ildizi bir neça yil avval “töy korteji”da yöl talaşiş ortidan kelib çiqqan janjalga borib taqalişini aniqladi.

Piyodalar yölagida fuqaroga hujum qilib, uni öldirişga uringani tasvirlangan lavha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Kun.uz muxbiri hodisa joyida bölib tafsilotlarni örgandi. Holat 21 may kuni Marğilon şahri markazidagi  Burhoniddin Marğiloniy köçasida telefon dökonlari qarşisida, piyodalar yölakçasida sodir bölgan.   

Telefon savdosi bilan şuğullanuvçi dökon xodimlarining ma’lum qilişiça, hodisa asr namozi vaqtida yuz bergan.

“Masjidga asr namozini öqişga kirgan edik. Çiqişimizga dökonimiz qarşisi tumonat odam töplanganiga guvohi böldik. Piçoqbozlik bölgani haqida eşitdik. Bir kişiga 3 fuqaro xujum qilgan. Piçoqlangan bola tilla taqinçoqlar dökoniga kirib olib jon saqlab qoldi deyişdi”, deydi ismi sir qolişini xohlagan sotuvçilardan biri.

Voqeaning bevosita guvohi bölgan sotuvçilar ma’lumot berişni istamadi.

Kun.uz manbasiga köra, hammasi bundan bir neça yillar avval “töy korteji”voqeasidan boşlangan. Bir guruh yoşlar yöl talaşişi ortidan nizo kelib çiqqan. Nizo esa janjalga aylangan.

Töy marosimida Saidbek (A’zamni piçoqlagan şaxs) va Nurillo ismli şaxslar örtasida tortişuv bölgan. Dösti Nurillo tarafini olib, A’zam ham janjalga aralaşgan. Şundan keyin Saidbekning otasi özi bilan bir neça kişini olib kelgan. Muştlaşuv bölgan. Bu janjalda A’zamning döstlaridan biri Saibdekning otasi Uluğbekning orqa qismiga piçoq tiqib, jarohat yetkazgan. Voqeadan keyin A’zam va u bilan janjalda iştirok etgan 4 nafar dösti turli muddatlarga qamoq jazosiga mahkum etilgan. A’zam ham bir yil muddatga yaqin jazo muddatini ötagan.

A’zam ozodlikka çiqqaç esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan hodisa sodir bölgan. Saidbek A’zamning orqasidan kelib öng orqa va yuz sohasiga piçoq bilan urib, tan jarohati yetkazgan.