Jahon | 15:36 / 19.12.2020
9108
2 daqiqa o‘qiladi

Pompeo Rossiyani AQShning dushmanlaridan biri deb atadi

U Rossiya prezidenti Vladimir Putinni "ozodlikni sevuvchilar uchun haqiqiy tahdid" deb atadi.

Foto: Reuters

Rossiya Qo‘shma Shtatlarning dushmanlaridan biri hisoblanadi, dedi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo.

"Mendan doim dushmanimiz kim ekanligini so‘rashadi va javobim shuki, ko‘pchilik bizning turmush tarzimiz, respublikamiz, demokratik tamoyillarimizni izdan chiqarishni istaydi. Shubhasiz, Rossiya bu ro‘yxatga kiradi", - dedi u amerikalik jurnalist Mark Levinning radioshousi efirida.

U Rossiya prezidenti Vladimir Putinni "ozodlikni sevuvchilar uchun haqiqiy tahdid" deb atadi.

AQSh muassasalari, nohukumat tashkilotlari va kompaniyalariga uyushtirilgan keng miqyosdagi hakerlik hujumlariga izoh berar ekan, Pompeo Rossiyaning bunga aloqadorligini aytdi.

"O‘ylaymanki, endi bu aksiyada aynan ruslar qatnashgan deb aniq aytishimiz mumkin", - dedi u.

Avvalroq AQShdagi o‘nlab hukumat idoralari, nodavlat tashkilotlari va IT-kompaniyalarga kiberhujum uyushtirilganligi ma'lum bo‘lgandi.  

 Kiberhujumlarni qaytarishda yordam bergan Microsoft kompaniyasi hakerlar 40dan ortiq tashkilot va muassasalarga hujum qilganligini bildirdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid