Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nikol Pashinyan iste'foga ketishga tayyorligini ma'lum qildi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan xalq uning iste'fosini istasa, bunga tayyorligini ma'lum qildi. U Facebook’dagi sahifasida buning uchun navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazish zarurligini yozdi.
Foto: Armaniston bosh vaziri matbuot xizmati
“Men xalq qaror qilsa, bosh vazir lavozimidan ketishga tayyorman. Men bu lavozimdan faqat xalq qarori bilangina keta olaman”, deb yozgan Pashinyan.
U “xalq yana ishonch bildirsa, hozirgi murakkab vaqtda Armanistonga rahbarlik qilishni davom ettirishga tayyorligini” aytgan.
“Bu savollarga javob olishning bir yo‘li bor – navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazish”, deb qo‘shimcha qilgan Pashinyan.
Armaniston bosh vaziri saylovlarni 2021 yilda o‘tkazishni taklif qilgan.
22 dekabrda Yerevanda hukumatga qarshi norozilik aksiyalari yana boshlangani ma'lum qilingandi. Muxolifat umummilliy ish tashlash e'lon qilgan. Shuningdek, Pashinyanga qarshi chiqayotganlar hukumat binolarini to‘sib qo‘yishgan va Respublika maydonida chodirlar o‘rnatishgan.
Mavzuga oid
14:42 / 17.02.2026
Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
14:05 / 12.02.2026
Yadroviy kelishuv va strategik sheriklik bitimi – Vensning Kavkazga tashrifi tafsilotlari
14:59 / 10.02.2026
AQSh Armanistonga Rossiyaga energetik qaramlikdan qutulish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
08:36 / 10.02.2026