O‘zbekiston | 17:31 / 27.12.2020
14132
1 daqiqa o‘qiladi

Tosh hovli saroyining beruxsat buzilgan devori tiklandi

Tosh hovli saroyining Madaniy meros departamenti bilan kelishilmasdan buzilgan devorini tiklash ishlari yakuniga yetdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qildi.

Foto: Kun.uz

Xiva shahrining YuNeSKO ro‘yxatidagi Ichan-qal'a muzey-qo‘riqxonasida joylashgan saroy 1832–1838 yillarda qurilgan.

Dekabr oyi boshida saroyning sharqiy qismidagi devorning bir qismi buzilgan edi.

Muzey-qo‘riqxona ma'muriyati buni devorning yuqori qismi 20 santimetrgacha og‘gani va so‘nggi vaqtlarda jarayon tezlashgani bilan izohladi.

Restavratsiya Madaniy meros departamentidan beruxsat amalga oshirildi. Rekonstruksiya loyihasi ilmiy-ekspert kengashiga kiritilmagan.

Ayni paytda departament ta'mirlash-tiklash ishlarini o‘tkazish bo‘yicha buyurtmachi va pudratchi tashkilotni sudga bergan.

Mavzuga oid