Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti bölim boşliği Hasan Xolmurodov Xiva şahridagi Toş hovli saroyining devori buzilişi yuzasidan departamentning örganişlari böyiça ma'lumot berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Biz örganişlar natijasida 2020 yilning 14 dekabrida buyurtmaçi va pudratçi korxona ustidan sudga murojaat qilganmiz.
Qaytaraman, madaniy meros obektlari, ayniqsa jahon madaniy meros obektlari röyxatiga kirgan törtta hududdagi barça quriliş va ta'mirlaş işlari ilmiy ekspertlar kengaşi tomonidan berilgan xulosa asosida qilinişi kerak edi», – dedi Hasan Xolmurodov 15 dekabr kungi matbuot anjumanida.
«Holat şunday bölganki, 2020 yil avgust oyida Içan-qal'a muzey qöriqxonasi tomonidan smeta hujjatlari tayyorlanib, ilmiy-ekspert kengaşiga taqdim etilgan. Ilmiy-ekspert kengaşi esa bu smetani körib çiqib, loyiha hujjatlarini taqdim etiş böyiça Içan-qal'a muzey qöriqxonasiga murojaat qilgan. Lekin şu kunga qadar ham loyiha hujjatlari ilmiy-ekspert kengaşiga taqdim qilinmagan.
Şuningdek, biz örganiş davomida pudratçi korxonadan buzib olingan devor haqida söraganimizda, ular hozir sayyohlar kamligi va devor özi qulab tuşganligini bildirdi.
Ular hatto madaniy meros obektlariga şikast yetkazganlik uçun Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks böyiça javobgarlikdan ham bexabarligini bildirişdi», – dedi departament rasmiysi.
Bölim boşliğining qöşimça qilişiça, 2019 yilda madaniy meros obektlariga zarar yetkazilgani uçun javobgarlik kuçaytirilgan.
«Jinoyat kodeksining 132-moddasi va ma'muriy kodeksning 64-moddasiga binoan, madaniy meros obektlariga yetkazilgan zarar uçun javobgarlik kuçaytirilgan. Afsuski, fuqarolar, jumladan mansabdorlarning köpçiligi bundan xabardor emas», – dedi Hasan Xolmurodov.

















