Jahon | 20:42 / 29.12.2020
3230
1 daqiqa o‘qiladi

Sloveniyadagi yagona AES faoliyati xavfsizlik maqsadida vaqtincha to‘xtatildi

Stansiya Sloveniyaning elektr energiyasiga bo‘lgan 20 foiz va Xorvatiyaning 15 foiz ehtiyojini ta'minlaydi.

Foto: AKW Krsko © dapd

Xorvatiyada 6,4 balli zilzila yuz berganidan so‘ng Sloveniyada mamlakatda yagona bo‘lgan Krshko AESi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Sloveniya matbuot agentligi xabar bermoqda.

AES boshqaruv kompaniyasining bildirishicha, atom elektr stansiyasi faoliyati kuchli zilzila yuz berganida amalga oshiriladigan ehtiyot chorasi doirasida to‘xtatilgan.

 Krshko AESi Sloveniya janubi-sharqidagi Krshko shahri yaqinida joylashgan. Undan Sloveniya va Xorvatiya birgalikda foydalanib keladi.

Stansiya Sloveniyaning elektr energiyasiga bo‘lgan 20 foiz va Xorvatiyaning 15 foiz ehtiyojini ta'minlaydi.

Atrof-muhitni himoya qilish faollari uning konstruksiyalari eskirganligi va mintaqada kuchli zilzila yuz berishi ehtimoli sababli AESni yopishni talab qilib kelishadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid