AQSh Yaqin Sharqqa B-52 bombardimonchi samolyotlarini jo‘natdi
Bu so‘nggi 45 kun ichida Amerikaning mintaqaga joylashtirilgan uchinchi og‘ir bombardimonchi samolyoti hisoblanadi.
AQSh o‘z kuchini namoyish etish maqsadida Yaqin Sharqda B-52 strategik bombardimonchi samolyotlarini joylashtirdi. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi (SeNTKOM) ma'lum qildi.
Qo‘mondonlik bayonotida aytilishicha, gap Maynot bazasidan (Shimoliy Dakota shtati) Yaqin Sharqqa yetib kelgan ikkita B-52 bombardimonchi samolyoti haqida bormoqda.
“Bu so‘nggi 45 kun ichida Amerikaning mintaqaga joylashtirilgan uchinchi og‘ir bombardimonchi samolyoti hisoblanadi”, deyiladi bayonotda.
SeNTKOMning bildirishicha, AQSh bu bilan "mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashdagi harbiy salohiyatini ko‘rsatish"ni maqsad qilgan.
Yaqin Sharqda strategik bombardimonchi samolyotlarning joylashtirilishi "amerikaliklar yoki Amerika manfaatlariga zarar yetkazishga urinmoqchi bo‘lgan barchaga ogohlantiruvchi belgi hisoblanadi", deyiladi bayonotda.
SeNTKOM rahbari general Frenk Makkenzining ta'kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqda amerikalik fuqarolar yoki mamlakat manfaatlariga qarshi qaratilgan "har qanday tajovuzga javob berishga tayyor".
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024