Jahon | 20:56 / 30.12.2020
2697
1 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyada qor ko‘chishidan so‘ng  15 kishi bedarak yo‘qoldi

Og‘ir jarohatlangan bir kishi shifoxonaga yotqizilgan. Hududdan 700 kishi evakuatsiya qilingan.

Foto: VG

Norvegiya poytaxti Oslo yaqinidagi Ask qishlog‘ida qor ko‘chishi oqibatida 14ta uy vayron bo‘ldi. O‘n kishi jarohatlandi, politsiya  15 kishini qidirmoqda, deb xabar berdi VG nashri.

Og‘ir jarohatlangan bir kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Hududdan 700 kishi evakuatsiya qilingan.

Dastlab 26 kishi bedarak yo‘qolgani to‘g‘risida xabar qilingandi, keyinroq politsiya 15 kishi qidirilayotganini ma'lum qildi. 

Qor ko‘chishi kun davomida yuz bergani sababli qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish qiyinlashgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid