Eron harbiy uran ishlab chiqarishga kirishdi
Isroil Eronning bu harakatini yadroviy dasturni rivojlantirishni davom ettirish deb baholadi.
Eron 4 yanvar kuni 20 foizga boyitilgan uran ishlab chiqarishga kirishdi. Bunday uran harbiy uran hisoblanadi.
«Bir necha daqiqa avval Fordo majmuasida 20 foizgacha boyitilgan uran ishlab chiqarish jarayoni boshlandi», — deb ma'lum qildi Eron hukumati rasmiy vakili Ali Rabiy.
Tehron avvalroq uranni boyitishni tiklash qarori haqida MAGATEni xabardor qilgandi.
Isroil Eronning bu harakatini yadroviy dasturni rivojlantirishni davom ettirish deb baholadi. Mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘zining Twitter-akkauntida yahudiy davlati Eronning yadro quroli ishlab chiqarishiga yo‘l qo‘ymasligini ta'kidladi.
Hozirda Eron uranni 4,5 foizgacha boyitish bilan shug‘ullanmoqda.
Mavzuga oid
20:12
Eron oliy rahnamosi «Hizbulloh» rahbari o‘ldirilganidan keyin xavfsiz joyga ko‘chirildi
09:19
Netanyahu BMTda Eronga Isroilning «qo‘li uzunligi» bilan tahdid qildi
12:10 / 26.09.2024
Tramp Eron tomonidan o‘ldirish tahdidlari haqida ogohlantirildi
21:24 / 25.09.2024