Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston militsiyasi 8 yanvardan kuchaytirilgan tartibda ishlashga o‘tadi
Saylov kuni jamoat tartibini ta'minlashga 11 ming nafar militsioner jalb etiladi.
Prezident saylovi va referendum o‘tkazilishi sababli Qirg‘iziston militsiyasi xodimlari 8 yanvardan kuchaytirilgan tartibda ishlashga o‘tadi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri Ulan Niyazbekovning buyrug‘i bilan prezident saylovi vaqtida jamoat xavfsizligini ta'minlash maqsadida militsiya xodimlari 8 yanvardan xizmat vazifasini kuchaytirilgan tartibda bajarishga o‘tadi", - deyiladi xabarda.
Ma'lumot berilishicha, saylov kuni jamoat tartibini ta'minlashga 11 ming nafar militsioner jalb etiladi. Hozirda saylov uchastkalarida 5 mingdan ortiq militsiya xodimi faoliyat yuritmoqda.
Qirg‘iziston markaziy saylov uchastkasining xabar berishicha, 10 yanvarda bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga 18 nafar nomzod ro‘yxatga olingan, ulardan bir nafari saylovda qatnashishdan voz kechgan.
Nomzodlar orasida oktyabrdagi norozilik namoyishlaridan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan Sadir Japarov ham bor. U prezident saylovida qatnashish uchun 14 noyabrda vaqtinchalik prezidentlik vakolatlaridan voz kechdi.
Qirg‘izistonda 10 yanvar kuni shuningdek, mamlakatdagi boshqaruv shakli bo‘yicha referendum ham bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026