Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng badavlat odami barcha mulklarini sotishga qaror qildi
Mask 2020 yil oxirida Marsda mustaqil shahar qurish rejasi haqida e'lon qilgandi.
SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Marsga ko‘chib o‘tish uchun barcha mulklarini sotishga qaror qildi.
Uning izohlashicha, boshqa sayyoraga shahar qurish katta mablag‘ talab qiladi. Uning mulklarini sotishga qaror qilishi sabablaridan biri shu. Ikkinchi sabab esa, Marsga ko‘chib ketish niyati qanchalik qat'iyligini ko‘rsatish.
«Menda moliyaviy nuqtayi nazardan kompaniyalar aksiyalaridan boshqa hech qanday qimmatbaho narsa qolmaydi. Ish tig‘iz ekan, yaxshisi, fabrikada yoki ofisda uxlayman. Agar bolalar ham bo‘lsa uy kerak bo‘ladi. Uyni esa ijaraga olishim mumkin», — dedi Mask Business Insider nashriga bergan intervyusida.
Mask 2020 yil oxirida Marsda mustaqil shahar qurish rejasi haqida e'lon qilgandi. Uning rejasiga ko‘ra, odamlar ushbu shaharda «ixtiyoriylikka asoslangan tartib»ga rioya qilgan holda yashaydi. Mask 2050 yilga kelib Qizil sayyoraga bir million kishini ko‘chirmoqchi.
Yanvar boshlarida Ilon Maskning boyligi 185 milliard dollarga yetdi va u Amazon asoschisi Jyeff Bezosni ortda qoldirib, dunyoning eng boy kishisiga aylandi.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
08:50 / 12.06.2026