Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Japarov Qirg‘izistonda "qonun diktaturasi"ni o‘rnatishga va'da berdi
Sadir Japarovning aytishicha, Qirg‘izistonning 30 yillik mustaqilligi tarixida shaxsiy maqsadlarini ko‘zlab mas'uliyatni hech kim o‘z zimmasiga olmagan.
Qirg‘iziston prezidenti saylovida g‘alaba qozongan Sadir Japarov mamlakatda "qonun va adolat diktaturasi"ni o‘rnatish niyatida ekanligini aytdi.
"Prezident lavozimiga to‘liq kirishganimdan so‘ng davlatni rivojlantirish masalasida prezidentlikka boshqa nomzodlar bilan maslahatlashmoqchiman. Ularni umumiy maqsad – davlatni rivojlantirish uchun birlik va hamkorlikda ishlashga chaqiraman", - dedi Japarov.
Japarovning aytishicha, Qirg‘izistonning 30 yillik mustaqilligi tarixida shaxsiy maqsadlarini ko‘zlab mas'uliyatni hech kim o‘z zimmasiga olmagan.
"Barchangizni ishontirib aytamanki, mamlakatda bir kishining diktaturasi bo‘lmaydi, qonun va adolat diktaturasi bo‘ladi", - dedi u.
Qirg‘iziston markaziy saylov komissiyasining so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, Japarov 84 foiz ovoz bilan g‘alaba qozonmoqda. Ikkinchi o‘rinni Adaxan Madumarov 5,52 foiz ovoz bilan egallamoqda.
Saylovlar natijalarini rasman 2 haftadan keyin e'lon qilish rejalashtirilgan. Ammo hozirdayoq Japarov Qirg‘iziston tarixidagi eng yosh prezidentga aylanishi mumkinligi ayon bo‘lmoqda. Japarov hozirda 52 yoshda bo‘lib, siyosiy faoliyatini 2005 yilda boshlagan.
Japarov respublikaning sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov 2020 yil oktyabrdagi voqealar oqibatida iste'foga ketgandan keyin uning o‘rnini egallagandi. Biroq u prezident saylovlarida ishtirok etish uchun davlat rahbari vakolatlarini vaqtincha parlament spikeri Talant Mamitovga topshirgandi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
18:57 / 31.05.2026
Japarov Atamboyev ma’muriyatining sobiq rahbarini afv etdi
19:57 / 30.05.2026