Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyer shahrida yuz bergan YTH haqida rasmiy ma'lumot berildi
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati Yangiyer shahrida "Vaz-2106" hamda "Neksiya" rusumli avtomobillar ishtirokidagi to‘qnashuv yuzasidan ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 12 yanvar kuni soat 14:30larda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri “Ma'rifat” MFY Tinchlik ko‘chasida joylashgan Magnit do‘koni yaqinida haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan D.N. tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishi oqibatida ushbu haydovchi boshqaruvidagi "Vaz-2106" hamda haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan E.T. boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv natijasida ikkala haydovchi va "Neksiya" rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 2000 yilda tug‘ilgan S.R.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Yangiyer shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:11 / 10.12.2025
Sebzorda avariyaviy holat sabab Nexia-3 ustunga borib urildi
08:08 / 10.12.2025
Mirobod tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda halok bo‘ldi
15:40 / 07.12.2025
Qozog‘istonda avtobusdagi YTH oqibatida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
13:14 / 06.12.2025