Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada Pfizer vaksinasi bilan emlangan 20dan ortiq kishi vafot etdi
Norvegiyada Pfizer vaksinasi bilan emlash 27 dekabrda boshlangandi. Mamlakatda birinchi bo‘lib Oslodagi qariyalar uyida yashovchilar emlangan.
Norvegiyada Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi bilan emlangan 23 kishi vafot etdi. Bu haqda Norvegiya dori vositalari agentligi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, mutaxassislar o‘limlar sababini o‘rganmoqda.
Agentlikning qayd etishicha, vaksina «keksa odamlarda mavjud kasalliklarning yanada jiddiy kechishiga» olib keluvchi nojo‘ya ta'sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.
Norvegiyada Pfizer vaksinasi bilan emlash 27 dekabrda boshlangandi. Mamlakatda birinchi bo‘lib Oslodagi qariyalar uyida yashovchilar emlangan.
2020 yil dekabrda YeI BioNTech/Pfizer vaksinasidan foydalanishga ruxsat bergandi.
Mavzuga oid
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
10:35 / 25.04.2026
Norvegiyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
08:40 / 23.03.2026