Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston va Iroqda AQShning 2,5 ming nafardan harbiy xizmatchisi qoldi
AQSh mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Kristofer Millerning eslatishicha, Pentagon 2021 yil may oyiga kelib Afg‘onistondagi harbiylarini to‘liq olib chiqib ketishni rejalashtirgan.
Foto: Getty Images
AQSh Afg‘oniston va Iroqda 2,5 ming nafardan harbiy xizmatchisini qoldirdi, deb ma'lum qildi AQSh mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Kristofer Miller.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi hozirgi harbiy xizmatchilar terrorchilarga qarshi operatsiyalar o‘tkazish va mamlakat xavfsizlik xizmatini shug‘ullantirish uchun yetarlidir.
Miller harbiylar sonining qisqartirilishi AQShning "Tolibon" harakati bilan kelishuvi doirasida amalga oshayotgani va Pentagon 2021 yil may oyiga kelib Afg‘onistondagi harbiylarini to‘liq olib chiqib ketishni rejalashtirganini eslatdi.
Uning qayd etishicha, Iroqdagi Amerika qo‘shinlarining qisqartirilishi bu mamlakat xavfsizlik kuchlarining imkoniyatlari oshganini bildiradi.
Miller shu bilan birga, AQSh va xalqaro koalitsiya kuchlari IShID ustidan g‘alabani mustahkamlash uchun Iroqda qolishini ta'kidladi.
U AQSh Iroq xavfsizlik kuchlariga terrorizmga qarshi kurashda yordam berishda davom etishini aytdi. Millerning qo‘shimcha qilishicha, Iroqdagi aksariyat operatsiyalarni mamlakat xavfsizlik kuchlarining o‘zi o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
18:25
Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi
11:58
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
10:04 / 23.05.2026
AQSh Milliy razvedkasi rahbari iste’foga chiqdi
23:05 / 22.05.2026