O‘zbekiston | 21:09 / 16.01.2021
40564
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi barcha viloyatlar sudlariga raislar tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishi bilan respublikadagi barcha viloyatlarda yangi sud raislari tayinlandi.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar qilishicha, tayinlovlar prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bilan sud tizimining tashkiliy-tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritilgani ortidan amalga oshirildi. Mazkur farmonga muvofiq, 2021 yilning 1 yanvaridan viloyat va unga tenglashtirilgan jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy sudlari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tashkil etildi.

Davlat rahbarining tegishli farmoyishi bilan quyidagi sudyalar besh yil muddatga tayinlangan.

O‘tkirjon Jumayev

O‘tkirjon Jumayev - besh yil muddatga Jizzax viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

O‘. Jumayev 1975 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Luqmon Qodirov

Luqmon Qodirov - besh yil muddatga Buxoro viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

L. Qodirov 1966 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan.

Shuhrat Kamolov

Shuhrat Kamolov - besh yil muddatga Farg‘ona viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Sh. Kamolov 1977 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Hamidulla Qudratov

Hamidulla Qudratov – sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga va shuning besh yil muddatiga Navoiy viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

H. Qudratov 1959 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyat sudining raisi lavozimida ishlagan.

Abduqayum Mahkamov

Abduqayum Mahkamov – besh yil muddatga Qashqadaryo viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

A. Mahkamov 1957 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudining raisi lavozimida ishlagan.

Tal'atjon Meliboyev

Tal'atjon Meliboyev – besh yil muddatga Andijon viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

T. Meliboyev 1975 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan.

Bahodir Polvonov

Bahodir Polvonov – besh yil muddatga Xorazm viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

B. Polvonov 1979 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Sudyalar daxlsizligini ta'minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasi sudyasi lavozimida ishlagan.

Abdulqosim Ro‘ziqulov

Abdulqosim Ro‘ziqulov – besh yil muddatga Surxondaryo viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

A. Ro‘ziqulov 1965 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudining raisi lavozimida ishlagan.

Dilshod Tojiboyev

Dilshod Tojiboyev – besh yil muddatga Toshkent viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

D. Tojiboyev 1972 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining raisi lavozimida ishlagan.

Olim Hayitov

Olim Hayitov – besh yil muddatga Samarqand viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

O.Hayitov 1969 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining raisi lavozimida ishlagan.

A'zamjon Xudoyberdiyev

A'zamjon Xudoyberdiyev – besh yil muddatga Sirdaryo viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

A. Xudoyberdiyev 1977 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar Sirdaryo viloyat iqtisodiy sudining raisi lavozimida ishlagan.

Abdurasul Eranov

Abdurasul Eranov – besh yil muddatga Namangan viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

A.Eranov 1961 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid