Jahon | 23:02 / 19.01.2021
28905
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Xitoyning uyg‘urlarga nisbatan harakatlarini genotsid deb e'lon qildi

O‘tgan yil oxirida Oq uy Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyati va Honkongda inson huquqlari buzilishi sababli Xitoyning ko‘plab kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritishni rejalashtirgani aytilgandi. 

Foto: EPA

AQSh hukumati Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyatidagi uyg‘urlarga nisbatan harakatlarini "genotsid" va "insoniyatga qarshi jinoyat" deb hisoblaydi. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo ana shunday bayonot bilan chiqdi, deb xabar bermoqda TASS.

"Mavjud faktlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqanimdan so‘ng XXR kamida 2017 yil martdan buyon Shinjonda insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan degan fikrga keldim. Bundan tashqari, XXR u yerda genotsidni amalga oshirgan degan xulosaga keldim", - deyiladi Pompeoning bayonotida.

Avvalroq Oq uy Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyati va Honkongda inson huquqlari buzilishi hamda AQSh milliy xavfsizligiga nisbatan tahdid sababli Xitoyning ko‘plab kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritishni rejalashtirgani xabar qilingandi.

 Xitoy hukumati uyg‘urlarga qarshi yuqori texnologik kuzatuvlar olib borish va ularni farzandlar ota-onalaridan ajratiladigan majburiy mehnat lagerlariga jo‘natishda ayblab kelinmoqda. Rasmiy Pekin esa lagerlar ko‘ngilli ta'lim va malaka oshirish uchun tashkil qilinganini aytib keladi.

Mavzuga oid