O‘zbekiston | 11:16 / 19.01.2021
31664
2 daqiqa o‘qiladi

Mirzacho‘l tumani hokimi ishdan ketdi

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani hokimi Komil Xolmurodov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Komil Xolmurodov hurmat bilan kuzatildi
Foto: Mirzacho‘l tumani hokimligi

19 yanvar kuni Jizzax viloyati Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tib, unda prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev va viloyat hokimi Ergash Soliyev ishtirok etgan. Yig‘ilishda Mirzacho‘l tumani hokimi lavozimiga Sherzod Ahmedov nomzodini taklif qilgan. Deputatlar ushbu nomzodni ma'qullagan.

Sherzod Malikovich Ahmedov 1978 yilda Zomin tumanida tug‘ilgan, 2000 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va 2008 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Sherzod Ahmedov 2016 yildan buyon «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Komil Xolmurodov Mirzacho‘l tumaniga 2018 yil noyabrida Mahmud Xolbo‘tayev o‘rniga hokim etib tayinlangandi. U endilikda qaysi ishga o‘tishi hozircha ma'lum emas.

Mavzuga oid