1 noyabr kuni xalq deputatlari Mirzaçöl tumani Kengaşining navbatdan taşqari qirq beşinçi sessiyasi ötkazildi.

Sessiyada viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining örinbosarlari, xalq deputatlari Mirzaçöl tuman Kengaşi deputatlari, tumandagi sektorlar rahbarlari, tuman taşkilotlari, özini özi boşqariş organlari, jamoat taşkilotlari rahbarlari, tuman faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakilari hamda Özbekiston Respublikasi Boş prokurori Otabek Murodov qatnaşgan.

Sessiyada viloyat hokimi Ergaş Saliyev sözga çiqib, tumanni ijtimoiy- iqtisodiy, qişloq xöjaligi sohalaridagi ijobiy özgarişlar hamda amalga oşirilgan ulkan quriliş-bunyodkorlik, obodonlaştiriş işlari töğrisida söz yuritgan.

Sessiya işida taşkiliy masala körilgan.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilişiça, viloyat hokimi Ergaş Saliyev Komil Adhamoviç Xolmurodov Mirzaçöl tumani hokimi etib tayinlangani haqida deputatlarga ma'lum qilgan va bu nomzod deputatlar tomonidan töliq ma'qullangan.

Ma'lumot uçun, Komil Xolmurodov şu kunga qadar viloyat prokurori örinbosari lavozimida işlab kelayotgan edi.

Sessiyada Özbekiston Respublikasi Boş prokurori Otabek Murodov ham sözga çiqib, Komil Xolmurodov töğrisida fikr bildirgan va Mirzaçöl tumanida kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar töğrisida aytib ötgan.

Eslatib ötamiz, Mirzaçöl tumanining sobiq hokimi Maxmud Parsamatoviç  Xolbötayev Jizzax viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangandi. U Toşkent viloyati hokimi örinbosari lavozimiga ötkazilgan Rustam Xolmatov örnini egalladi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston boş prokurori Otabek Murodov Vazirlar Mahkamasida Agrosanoat sohasiga vaqtinça mas'ul etib tayinlangan.