Jahon | 20:32 / 20.01.2021
20241
1 daqiqa o‘qiladi

Madrid markazida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Xabar qilinishicha, binoning bir nechta qavati qulab tushgan. Jarohatlanganlar va qurbon bo‘lganlar haqida hozircha ma'lumot berilmayapti.

Foto: @lilsarg/@jackeparrock/Twitter

Madrid shahri markazidagi binoda kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda El Pais nashri.

Xabar qilinishicha, binoning bir nechta qavati qulab tushgan. Shahar merining ma'lum qilishicha, kamida ikki kishi qurbon bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan.

Portlash sodir bo‘lgan bino yaqinida qariyalar uyi joylashgan. OAVning xabar berishicha, yaqin-atrofdagi binolardagi odamlar evakuatsiya qilinmoqda.

 Ispaniya milliy politsiya matbuot xizmatining bildirishicha, portlashga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid