Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp qancha pensiya olishi ma'lum bo‘ldi
Donald Tramp pensiyadan tashqari umrining oxirigacha qo‘riqchilar bilan ta'minlanishi mumkin. Uni va sobiq xonim Melaniya Trampni qo‘riqlash uchun davlat budjetidan yiliga 1,5 million dollarga yaqin pul ajratilishi mumkin.
Foto: AP Photo/Patrick Semansky
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp yiliga 221,4 ming dollar (oyiga 18,45 ming dollar) pensiya va ijtimoiy imtiyozlar olish huquqiga ega. Ammo u bulardan mahrum bo‘lishi ham mumkin, deb yozadi CNN.
1958 yilda qabul qilingan sobiq prezidentlar to‘g‘risidagi federal qonunga ko‘ra, imtiyozlar impichment yoki jinoyati uchun sudlanganligi sababli lavozimidan chetlatilmagan prezidentlargagina beriladi.
Trampning prezidentlik muddati nihoyasiga yetdi, unga impichment e'lon qilinmadi. Endilikda so‘nggi so‘zni sud aytadi.
Donald Tramp pensiyadan tashqari umrining oxirigacha qo‘riqchilar bilan ta'minlanishi mumkin. Uni va sobiq xonim Melaniya Trampni qo‘riqlash uchun davlat budjetidan yiliga 1,5 million dollarga yaqin pul ajratilishi mumkin.
Tramp shuningdek, AQShda ofis ochishi va xodimlar yollashi mumkin bo‘ladi. Xodimlarning maoshi qisman federal budjetdan to‘lanadi.
Sobiq prezident va uning ikki yordamchisining safarlari uchun yiliga bir million dollargacha beriladi.
Tramplar juftligi harbiy hospitallarda davolana oladi, ammo buning uchun o‘z cho‘ntaklaridan pul to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
09:21 / 31.01.2026
Zelenskiy: Energetikaga zarba bermaslik bo‘yicha “energetik sulh” ishga tushdi
23:04 / 30.01.2026
Geosiyosiy beqarorlik, Tramp va dollar. Oltin bilan nimalar bo‘lyapti?
20:07 / 30.01.2026
Buyuk Britaniya va Xitoy o‘zaro munosabatlarda «qayta tiklanish» davrini boshladi. Bu Trampga yoqmayapti
16:08 / 30.01.2026