Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIV AQShni mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi
Tashqi ishlar vazirligi ayrim OAVning Moskvadagi namoyishlarda 40 ming kishi qatnashganligi to‘g‘risidagi xabarini feyk deb atadi.
Foto: Reuters
AQSh o‘zining ichki muammolari bilan shug‘ullanishi va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashishni to‘xtatishi kerak. Rossiya tashqi ishlar vazirligi Facebook sahifasida Moskvadagi AQSh elchixonasining Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan namoyishlarga nisbatan izohiga ana shunday javob qaytardi.
Vazirlikning yozishicha, AQSh elchixonasi Vashingtonda 6 yanvarda bo‘lib o‘tgan namoyishlar va Kapitoliyga hujum qilinishiga nisbatan hech qanday munosabat bildirmagan hamda o‘limlar va qo‘lga olishlarni qoralamagan.
Bundan tashqari, tashqi ishlar vazirligi ayrim OAVning Moskvadagi namoyishlarda 40 ming kishi qatnashganligi to‘g‘risidagi xabarini feyk deb atadi.
"Reuters hisobiga ko‘ra, shanba kuni Moskva markazidagi norozilik namoyishiga kamida 40 ming kishi to‘plangan. Nega birato‘la 4 mln emas? Eslatib o‘tamiz, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, gap 4 ming kishi to‘g‘risida bormoqda", - deyiladi Rossiya TIV bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 23 yanvar kuni Rossiyada Aleksey Navalniy va boshqa siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Bunga davolanishdan so‘ng Germaniyadan Rossiyaga qaytgan muxolifatchining hibsga olinishi sabab bo‘ldi.
Mavzuga oid
23:17 / 23.05.2026
AQShning Kiyevdagi elchixonasi Ukrainaga keng ko‘lamli hujum bo‘lishi haqida ogohlantirdi
14:50 / 23.05.2026
Narkotuzoq, urush va tirik qolish uchun kurash – Luhansk va Donetskdan qaytgan ikki yigit hikoyasi
10:04 / 23.05.2026
AQSh Milliy razvedkasi rahbari iste’foga chiqdi
09:58 / 23.05.2026