Rossiyaning 40dan ortiq şahrida piketlar, mitinglar va norozilik aksiyalari ötkazilmoqda. Bu haqda Telegram’dagi «Komanda Navalnogo» kanali xabar berdi. Kanal muharririyati norozilik harakatlari kuzatilayotgan şaharlar röyxatini yangilab bormoqda. Röyxatda 40dan ortiq şahar mavjud.

Foto: Telegram / Komanda Navalnogo
Foto: Telegram / Komanda Navalnogo

YouTube’dagi «Navalnyy Live» kanalida Navalniyni qöllab-quvvatlaşga bağişlangan aksiyalar böyiça translatsiyani kuzatiş mumkin. «Moskva vaqti bilan soat 10:00dan keçgaça bizning jamoa butun Rossiyadagi norozilik namoyişlarini jonli efirda körsatadi», - deyiladi translatsiyada.

Moskvadagi Puşkin maydonida aksiya boşlanişidan ança oldin «Men qörqmayman» degan yozuvni kötarib olgan fuqaro qölga olindi. U mahalliy içki işlar bölimiga olib ketilgan, deb xabar beradi Avtozak Live Telegram kanali. Juma oqşomidan boşlab Moskvadagi Puşkin maydoni deyarli qamalda qoldi: atrofda tösiqlar örnatilgan, politsiya va maxsus texnika, politsiya maşinalari jamlangan. Politsiya transporti «Moskva» mehmonxonasi yaqinida ham töplangan.

Foto: Telegram / OpenMedia
Foto: Telegram / OpenMedia
Foto: Telegram / OpenMedia

«Meduza» naşri muxbiri Moskvaga yaqin hududda zirhli texnikalar ham harakatlanişga tayyor turganini qayd etgan. Mahalliy vaqt bilan soat 10:00da kolonna poytaxt tomonga qarab yöl olgan.