Jahon | 11:40 / 24.01.2021
2108
2 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada cheklovlarga qarshi norozilik sifatida restoran va qahvaxonalar ochildi

 Mamlakatda qariyb uch oydan buyon qahvaxona, restoran, bar va oshxonalar yopib qo‘yilgan. Ular buning ortidan kuniga 414 mln kron (15,9 mln yevro) zarar ko‘rmoqda.

Chexiyadagi o‘nlab restoran va qahvaxonalar qat'iy karantin cheklovlariga qaramasdan o‘z faoliyatini qayta tikladi. Bu haqda Chexiya radiosi xabar bermoqda.

Ushbu aksiya ishtirokchilari bu restoran biznesiga yetayotgan jiddiy zararga hukumat va jamoatchilikning e'tiborini qaratadi deb hisoblashmoqda. Mamlakatda qariyb uch oydan buyon qahvaxona, restoran, bar va oshxonalar yopib qo‘yilgan. Ular buning ortidan kuniga 414 mln kron (15,9 mln yevro) zarar ko‘rmoqda.

Umumiy ovqatlanish muassasalari egalari besh oy avval bar va restoranlarni yopib qo‘ygan hukumatdan norozi. Ularning fikricha, restoranlar o‘tgan yilning oktyabridan buyon ishlamayotgan bo‘lsa-da, koronavirus yuqtirish holatlari o‘sishda davom etmoqda.

Restoran biznesi egalari mamlakatda "Chexiyani ochamiz" siyosiy harakatini tashkil etish va harakat yig‘ilishlarini o‘z muassasalarida o‘tkazish niyatida ekanliklarini bildirishmoqda. U holda ular mavjud cheklovlarni aylanib o‘tishlari mumkin bo‘ladi, chunki respublikada parlament yig‘ilishlari va siyosiy tusdagi boshqa tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Chexiyada koronavirus yuqtirganlar soni 933 mingdan oshgan, 15270 kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid