Jahon | 00:14 / 24.01.2021
4638
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada gaz tashiydigan avtomobil portlashi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Portlash shu darajada kuchli bo‘lganki, 30dan ortiq uyga zarar yetgan. Shuningdek, palma plantatsiyasi yo‘q bo‘lib ketgan.

Foto: The Nation

Nigeriyaning Agbor shahrida gaz tashishga mo‘ljallangan avtomobil portlab ketdi. Portlash oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi va 17 kishi og‘ir jarohatlandi. Bu haqda The Nation gazetasi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, portlash gaz quyish stansiyasida uzatish shlangidan gaz sizib chiqishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Portlash shu darajada kuchli bo‘lganki, 30dan ortiq uyga zarar yetgan. Shuningdek, palma plantatsiyasi yo‘q bo‘lib ketgan.

Portlash ortidan kuchli yong‘in kelib chiqqan. Odamlar uylarida butun oilalari bilan halok bo‘lgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid