Jahon | 22:01 / 29.01.2021
4613
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning yangi ma'muriyati Xitoy bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqadi

O‘tgan yil yanvarida AQSh va Vashington 13 bosqichli muzokaralardan so‘ng savdo kelishuvi doirasidagi hujjatlarning birinchi paketini imzolagandi.

Jyennifer Psaki / Foto: AP Photo/Evan Vucci

AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati Xitoy bilan munosabatlarni qayta baholashni amalga oshiradi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jyennifer Psaki ma'lum qildi.

 "Milliy xavfsizlikni ta'minlashga munosabatimiz nuqtai nazaridan avvalgi ma'muriyat qilgan barcha narsa qayta baholash jarayonida", - dedi u Xitoy bilan avvalgi prezident Donald Tramp davrida tuzilgan savdo shartnomasi o‘z kuchida qolish-qolmasligi to‘g‘risidagi savolga javoban.

"Biz Xitoy bilan munosabatlarga kuch pozitsiyasidan yondashishga e'tibor qaratganmiz. Bu qator masalalar, nafaqat iqtisodiy, balki strategik va xavfsizlikka oid masalalarni yechishning eng yaxshi yo‘lini topish degani", - dedi Psaki.

 O‘tgan yil yanvarida AQSh va Vashington 13 bosqichli muzokaralardan so‘ng savdo kelishuvi doirasidagi hujjatlarning birinchi paketini imzolagandi. Unga ko‘ra, Xitoy AQShdan mahsulot sotib olishni 200 mlrd dollarga ko‘paytirish majburiyatini olgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid