Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Xitoy bilan «urushmaslik»ka va'da berdi
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida nizoga aylanib ketmaydigan raqobat bo‘lishi lozim.
AQSh prezidenti Jo Bayden Xitoy bilan avvalgi prezident Donald Tramp singari savdo urushi olib borish o‘rniga dunyoning ikkinchi raqamli iqtisodiyoti bilan xalqaro qoidalar asosida raqobatlashishga va'da berdi, deb yozmoqda CNBC.
Baydenning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida nizoga aylanib ketmaydigan raqobat bo‘lishi lozim. U shuningdek, ilgari davlat rahbari sifatida uchrashmagan bo‘lsa-da, Xitoy rahbari Si Tszinpinni yaxshi bilishini aytdi.
«U juda aqlli va qat'iyatli. Tanqid sifatida aytmayapman, ammo uning tanasida demokratiya uchun javob beruvchi suyaklar yo‘qdek», — dedi Bayden.
Avvalroq Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar Xitoyni asosiy raqobatchisi deb hisoblashini, ammo Amerika manfaatlariga mos keladigan hamkorlikka tayyorligini bildirgandi.
O‘z navbatida, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy tashqi ishlar vaziri Yan Tszechi bilan telefon orqali muloqot o‘tkazib, AQSh XXRni Hind-Tinch okeani mintaqasidagi barqarorlikka tahdid soluvchi harakatlari bois javobgarlikka tortishini aytgan.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026