Jahon | 15:55 / 08.02.2021
5601
1 daqiqa o‘qiladi

Latviyada "Rossiya-RTR" telekanali namoyishi taqiqlandi

Ma'lum qilinishicha, 15 fevraldan Latviya hududida "Rossiya-RTR" retranslatsiya qilinishi bir yil muddatga taqiqlandi.

Foto: Mixail Klimentev/TASS

Latviya elektron ommaviy axborot vositalari bo‘yicha milliy kengashi (EOAVMK) mamlakat hududida "Rossiya-RTR" telekanalining retranslatsiya qilinishini taqiqladi. Bu haqda kengash raisi Ivar Abolinsh ma'lum qildi.

 Ma'lum qilinishicha, 15 fevraldan Latviya hududida "Rossiya-RTR" retranslatsiya qilinishi bir yil muddatga taqiqlandi.

"Biz o‘z axborot makonimizni himoya qilmoqdamiz, himoya qilganmiz va himoya qilamiz", - deb yozgan Abolinsh Twitter sahifasida.

EOAVMKning bildirishicha, telekanalning 2020 yil 10 iyulda namoyish etilgan "60 daqiqa" ko‘rsatuvida aytilgan gaplarni nizo qo‘zg‘atuvchi deb baholash mumkin. O‘shanda ko‘rsatuv davomida Ukraina terrorchi davlat, uning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko esa terrorchi deb atalgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid