Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketmaslikka qaror qildi
NATO bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda zo‘ravonlikka chek qo‘yilishi, “Tolibon” terrorchi tashkilotlar bilan hamkorlikni to‘xtatishi shart.
NATO mamlakatlari mudofaa vazirlari AQSh va “Tolibon” o‘rtasida tuzilgan kelishuvda ko‘zda tutilganidek 1 maygacha Afg‘onistondan alyans qo‘shinlarini olib chiqib ketmaslikka qaror qilishdi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qildi.
"Hozircha Afg‘onistondan kuchlarni olib chiqib ketish bo‘yicha qaror qabul qilmadik, yaqin haftalarda maslahatlashuvlarni davom ettiramiz. Afg‘onistondan kuchlarimizni olib chiqib ketish ma'lum shartlarga asoslangan. Afg‘onistonda zo‘ravonlikka chek qo‘yilishi, “Tolibon” terrorchi tashkilotlar bilan hamkorlikni to‘xtatishi shart”, dedi u.
Uning ta'kidlashicha, bu mamlakatda vaziyat barqarorlashishi uchun "Afg‘onistondagi tinchlik muzokaralari muvaffaqiyatli bo‘lishi lozim”.
Stoltenberg hozirda Afg‘onistonda o‘tgan yili 10 ming kishigacha qisqartirilgan yo‘riqchilar va maslahatchilardan iborat cheklangan kontingent borligini eslatib o‘tdi. Ular Afg‘oniston armiyasini tayyorgarlikdan o‘tkazish, logistika tashkil etish va razvedka ma'lumotlari bilan ta'minlash kabi vazifalarni bajaradi.
Avvalroq Afg‘oniston bo‘yicha tadqiqot guruhining vakili hisobotida prezident Jo Bayden ma'muriyatiga 2021 yil may oyigacha Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilishini kechiktirish tavsiya qilingandi.
2020 yil 29 fevralda Dohada AQSh ma'muriyati va "Tolibon" o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolangandi. Unga ko‘ra, AQSh, uning ittifoqchilari va koalitsiya 14 oy ichida Afg‘onistondan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketish majburiyatini olgandi. Toliblar o‘z navbatida mamlakat hududidan AQSh va uning ittifoqchilari xavfsizligiga tahdid soladigan harakatlarni amalga oshirishda foydalanmaslikka kafolat bergandi.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026