Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baydenga Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqishni ortga surish tavsiya qilindi
2020 yil fevralda "Tolibon" bilan imzolangan tinchlik kelishuviga ko‘ra, AQSh, uning ittifoqchilari va koalitsiya 14 oy ichida Afg‘onistondan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketish majburiyatini olgandi.
Foto: David Furst/AFP via Getty Images
"Tolibon" harakati ilgari imzolangan kelishuv shartlarini bajarmayapti, shu bois 2021 yil may oyigacha Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilishini kechiktirish lozim. Afg‘oniston bo‘yicha tadqiqot guruhining vakili hisobotida prezident Jo Bayden ma'muriyatiga ana shunday tavsiya berildi, deb yozmoqda The Hill gazetasi.
Guruhning fikricha, "2021 yil maygacha qo‘shinlarni olib chiqib ketish uchun zarur sharoitni ta'minlash juda qiyin va ehtimol imkonsiz".
2020 yil 29 fevralda Dohada AQSh ma'muriyati va "Tolibon" o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolangandi. Unga ko‘ra, AQSh, uning ittifoqchilari va koalitsiya 14 oy ichida Afg‘onistondan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketish majburiyatini olgandi. Toliblar o‘z navbatida mamlakat hududidan AQSh va uning ittifoqchilari xavfsizligiga tahdid soladigan harakatlarni amalga oshirishda foydalanmaslikka kafolat bergandi.
Hisobotda aytilishicha, "Tolibon" ushbu kelishuvga amal qilmagan va Amerika o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun sharoit yaratmagan.
Avvalroq AQSh davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays Bayden ma'muriyati "Tolibon" bilan tuzilgan kelishuvni o‘rganib chiqishini aytgandi.
Mavzuga oid
08:50
AQShda universitetdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
18:58 / 14.12.2025
O‘zbekistonda AQSh kompaniyalari bilan birgalikda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilishi mumkin
10:01 / 13.12.2025
Parij: Kiyev, AQSh va YeI tinchlik rejasi bo‘yicha umumiy pozitsiya ishlab chiqmoqda
22:49 / 12.12.2025