Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyada jamoat joylarida birdaniga ikkita niqob taqish majburiy etib belgilandi
Sog‘liqni saqlash vaziri Yan Blatnining so‘zlariga ko‘ra, oxirgi kunlarda Chexiyada vaziyat yomonlashgan.
Chexiya hukumati jamoat joylarida respirator yoki birdaniga ikkita tibbiy niqob taqishni majburiy etib belgiladi. Bu haqda iDNES nashri xabar bermoqda.
Endilikda do‘kon, jamoat transporti va shifoxonalarda FFP2 / KN95 / N95 respiratorini yoki birdaniga ikkita tibbiy niqob taqish lozim, dedi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Yan Blatni.
"Oxirgi bir necha kunda Chex Respublikasida vaziyat yanada yomonlashdi", - dedi vazir.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu chora gavjum jamoat joylari uchun zarur hisoblanadi. Blatni avvalroq koronavirusning britancha shtammi tarqalishini to‘xtatish uchun imkon boricha ko‘proq odamlarni FFP2 respiratorini taqishga majbur qilish kerakligini aytgandi.
Mavzuga oid
09:38 / 12.06.2026
JCh-26. Koreyslar kambek amalga oshirdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
09:14 / 27.05.2026
Chexiyalik fuqaro Eurojackpot lotereyasida 120 mln yevro yutdi
22:01 / 26.05.2026