Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada O‘zbekistonda ekstremizm uchun qidirilgan shaxs ushlandi
Moskva politsiyasi O‘zbekistonda ekstremizm, diniy ekstremistik tashkilotda ishtirok uchun qidirilgan o‘zbekistonlikni ushladi. Bu haqda TASS axborot agentligiga Moskva shahri huquq-tartibot idoralarida ma'lum qilindi.
Xabarda ta'kidlanishicha, Moskva politsiyasi yo‘l-patrul xizmati xodimlari Smolenskaya ko‘chasida O‘zbekiston fuqarosi boshqargan mashinani to‘xtatishganda, ushbu fuqaroga Samarqandda yollanish, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash va tarqatish, diniy ekstremistik tashkilotda ishtirok etish bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgani aniqlangan.
Hozirda ushbu shaxs hibsga olingan, O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga u haqida ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026