Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki OTMga rektorlar tayinlandi
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti va Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiga rahbarlar tayinlandi.
Vazirlar Mahkamasining 19 fevraldagi qarori bilan, Komiljon Sobirovich Komilov Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining rektori etib tayinlandi.
Komiljon Komilov 1980 yil Andijon viloyatida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent davlat agrar universitetini paxtachilik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U bungacha Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali direktori edi.
Eslatib o‘tamiz, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti 2020 yil yozida, Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali negizida tashkil etilgandi.
Shuningdek, Nasridin Mirzoodilovich Jabborov Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori etib tayinlangan.
Mavzuga oid
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
12:48 / 27.11.2025
Mahmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
16:33 / 25.11.2025