Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputatlar transport vaziri lavozimiga nomzodni ma'qulladi
2021 yil 22 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Parlament xabariga ko‘ra, majlisda deputatlar transport vaziri lavozimiga Ilhom Mahkamov nomzodini ko‘rib chiqdilar.
Xalq vakillari tomonidan Ilhom Mahkamov nomzodi ma'qullangani aytiladi.
Hukumatning 2020 yil 30 oktabr kungi 670-son qarori bilan Ilhom Mahkamovga O‘zbekiston transport vaziri vazifasini bajarish yuklatilgandi.
O‘zbekiston transport vaziri lavozimi o‘tgan yilning avgust oyidan beri bo‘sh turgandi.
2020 yil 5 avgust kuni prezidentning tegishli farmoni imzolangan. Unda Elyor G‘aniyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani aytilgan.
Elyor G‘aniyev 2020 yilning fevralida Ochilboy Ramatov o‘rniga Transport vaziri bo‘lgandi.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
18:26 / 03.06.2026
Yil oxirigacha Buxoro-Urganch-Xiva yo‘nalishida zamonaviy elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi – transport vaziri
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
20:22 / 26.05.2026