Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda shifokorlar mahalliy vaksina bilan emlanishni istamayapti
Mamlakatda bugunga qadar 10,5 million nafardan ortiq shifokor koronavirusga qarshi emlandi. Ammo ularning faqat 1,2 million nafarigina mahalliy vaksina bilan emlanishga rozi bo‘lgan. Qolganlar AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan.
Hindistonda tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi mahalliy COVAXIN vaksinasi bilan emlanishni istamayapti, deb yozadi Hindustan Times nashri.
Mamlakatda bugunga qadar 10,5 million nafardan ortiq shifokor koronavirusga qarshi emlandi. Ammo ularning faqat 1,2 million nafarigina mahalliy vaksina bilan emlanishga rozi bo‘lgan. Qolganlar AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan.
"Bunga COVAXIN sinov vaksinasi bo‘lganligi va uchinchi sinov bosqichidan o‘tkazilmaganligi to‘g‘risidagi bahslar sabab bo‘ldi", - dedi Maxarashtra shtati hukumatining emlash strategiyasi bo‘yicha maslahatchisi Subxash Salunxe.
Avvalroq muxolifat nazorati ostida bo‘lgan Chxattisgarx shtati COVAXIN vaksinasi samarali ekanligi tasdiqlanmaguniga qadar bu vaksinadan foydalanilmasligini bildirgandi. Epidemiolog va ekspertlar ham vaksinaning darhol ma'qullanganligini tanqid qildi.
Vaksinani ishlab chiqqan Bharat Biotech kompaniyasi tez orada uning 26 ming nafar ko‘ngillida o‘tkazilgan sinovi natijalarini e'lon qilishini bildirdi. Hindiston federal hukumati 10 mln doza COVAXIN vaksinasiga buyurtma bergan va kamida 5,5 mln dozasini olgan.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026