Aktyor Uill Smit o‘z nomzodini AQSh prezidenti lavozimiga ilgari surmoqchi
Amerikalik aktyor Uill Smit o‘z nomzodini AQSh prezidenti lavozimiga ilgari surishi mumkinligini aytdi. Aktyor siyosiy faoliyatini boshlashga tayyorligi haqida The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Smitning aytishicha, yaqin kelajakda u biror-bir siyosiy lavozimga da'vogarlik qilishi mumkin. Uning ta'kidlashicha, u odamlar o‘rtasida o‘zaro hamfikrlik va uyg‘unlik o‘rnatishda o‘z hissasini qo‘sha oladi. Shu bilan birga, u siyosiy faoliyatini qachon boshlamoqchi ekaniga aniqlik kiritmagan.
Aktyor avvalroq ham siyosiy faoliyatini qurish haqidagi rejalari bilan bo‘lishgan. Jumladan, u 5 yilcha avval CBS nashriga bergan intervyusida o‘z nomzodini AQSh prezidenti lavozimiga surishi mumkinligini aytgan. O‘shanda aktyor agar siyosatchilar chegarada devorlar qurish va musulmonlar uchun cheklovlar kiritish haqida gapirishni davom ettirsalar, siyosatga kirishi mumkinligini aytgan.
Avvalroq AQSh prezidenti lavozimiga taniqli reper Kane Uest o‘z nomzodini ilgari surgandi. U 2020 yilgi prezident saylovlarida ishtirok etib, hattoki 60 ming amerikalikning ovozini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Bunday kamtar natijaga qaramay, musiqachi 2024 yilgi prezident saylovlarida ham ishtirok etish istagini bildirgan.
Mavzuga oid
23:52 / 26.11.2024
AQShda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
18:19 / 26.11.2024
Boeing AQSh Harbiy-havo kuchlaridan 2,4 mlrd dollarlik buyurtma oldi
18:06 / 26.11.2024
Tramp Meksika, Kanada va Xitoy tovarlariga boj joriy etilishini e’lon qildi
07:53 / 26.11.2024