O‘zbekiston | 11:04 / 04.03.2021
9701
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda ko‘p qavatli uylar quriladi. Loyiha qiymati - 100 million yevro

Qo‘qon shahrida quriladigan ko‘p qavatli uylar loyihasining taqdimoti o‘tkazildi.

Qo‘qon shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov Muqimiy shaharchasida quriladigan ko‘p qavatli uylar kompleksi taqdimotida ishtirok etdi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu loyiha Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “2020 — 2024 yillarda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan “Qo‘qon shahrini 2020 — 2024 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” dasturi bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, "Obod zamin quruvchi" korxonasi tomonidan Fransiyaning Aspir Finentrep SAS investitsion kompaniyasi hamkorligida amalga oshiriladigan loyiha doirasida 21ta 9 qavatli, 12ta 12 qavatli va 24ta 16 qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan. 

Qo‘qon shahar hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 100 million yevroni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid