Jahon | 00:06 / 07.03.2021
2750
2 daqiqa o‘qiladi

Avstriya va Germaniyada karantinga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Avstriyada namoyishchilar kansler Sebastyan Kursning iste'fosini talab qilishdi.

Foto: AP

Venada bir necha yuz kishi hukumatning koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha choralariga qarshi namoyishga chiqdi. Xabar qilinishicha, ayrim qatnashchilar namoyishlarda ishtirok etish uchun boshqa shaharlardan avtobuslarda kelgan.

Namoyishchilar mamlakatda karantin choralari yumshatilishini va kansler Sebastyan Kursning iste'foga chiqishini talab qilishdi. Politsiya namoyishchilarga qarshilik qilmadi, ammo ularning niqobda ekanligi va ijtimoiy masofaga rioya qilishini tekshirib turdi. 

Shu kuni Germaniyaning Saksoniya va Saksoniya-Anxalt federal yerlarida ham norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi.

Turli shaharlardan kelgan 350dan ortiq kishi avtoyurishlar o‘tkazdi. Ular avtomobillari oynalariga cheklovlar hamda koronavirusga qarshi emlash kampaniyasi tanqid qilingan turli shiorlarni yopishtirib olishdi.

Shu bilan birga, Leypsigda emlash kampaniyasi va koronavirusga qarshi kurashish choralari tarafdorlari ham namoyishga chiqdi. Politsiyaning ma'lumot berishicha, 1000ga yaqin kishi mototsikl va velosipedlarda shahar markaziga yig‘ilib, hukumat tomonidan ko‘rilayotgan choralarni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid