Jahon | 21:19 / 08.03.2021
8676
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat kotibi Lukashenkoni Yevropaning so‘nggi diktatori deb atadi

Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Mariya Kolesnikovani hibsdan zudlik bilan ozod etishga hamda Belarusdagi barcha siyosiy mahbuslarni ozodlikka chiqarishga chaqirishda davom etadi. 

Entoni Blinken / Foto: Reuters

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni Yevropaning so‘nggi diktatori deb atadi.

Blinken davlat departamenti tomonidan turli mamlakatlardagi ayollarga mardonavor harakatlari uchun beriladigan mukofotlarni topshirish marosimida Vashington Belarusdagi siyosiy mahbuslarning ozod qilinishiga erishishda davom etishini bildirdi. U teleko‘prik shaklida o‘tkazilgan marosimda Belarus muxolifatchisi Mariya Kolesnikovani olqishladi.

"O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan prezident saylovi arafasida u Aleksandr Lukashenko – Yevropaning so‘nggi  diktatori hukmronligiga qarshilik qilish uchun butun mamlakatdagi ayollarni safarbar qildi", - dedi Blinken.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Kolesnikovani hibsdan zudlik bilan ozod etishga hamda Belarusdagi barcha siyosiy mahbuslarni ozodlikka chiqarishga chaqirishda davom etadi. 

Kolesnikova 2020 yil sentyabrda hokimiyatni egallab olishga da'vat qilishda gumonlanib hibsga olingandi. 2021 yil 12 fevralda u yana ikkita ayblov bilan – davlat hokimiyatini konstitutsiyaga xilof tarzda egallash maqsadida fitna uyushtirish va ekstremistik tuzilma tuzish hamda unga boshchilik qilishda ayblandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid