Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston muxolifati parlament binosini to‘sib oldi
Armanistonda bir necha yuz namoyishchi “Vatan uchun harakat” muxolif partiyasi yetakchisi Vazgen Manukyan chaqirig‘iga ko‘ra parlament binosiga kirish-chiqishni to‘sib oldi.
“Interfaks” muxbirining xabar berishicha, namoyishchilar parlamentga Demirchyan ko‘chasi tomonidan kirish oldida ikkita chodir o‘rnatishgan. Bu yerdan parlamentga odatda parlament spikeri, parlament rahbariyati, bosh vazir avtomobillari kirib chiqadi.
Voqea joyida bo‘lgan bir necha yuz politsiyachi va maxsus xodimlar bunga qarshi hech qanday faol harakatlarni amalga oshirmayapti.
Ta'kidlanishicha, parlamentga Bagramyan ko‘chasi orqali kirish va chiqish joylari 25 fevraldan namoyishchilar tomonidan to‘sib qo‘yilgan. Shu tariqa, parlamentga barcha kirish-chiqish joylari to‘liq to‘silgan.
Avvalroq muxolifat namoyishida Vazgen Manukyan “parlament deputatlar xalq talabini (muxolifatning bosh vazir Nikol Pashinyanning iste'foga chiqishi talabi) qabul qilish uchun kelsagina, ishlashini” aytgan.
Mavzuga oid
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026