O‘zbekiston | 14:21 / 09.03.2021
4429
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Pokistonga boradi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining Pokistonga bo‘lajak amaliy tashrifi to‘g‘risida ma'lumot berildi.

2021 yilning 10 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Pokistonga boradi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv va muzokaralar davomida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish. ikki tomonlama munosabatlarni mintaqaviy aloqalar sharoitida muhokama qilish rejalashtirilgan.

Tomonlar, shuningdek, joriy yilga mo‘ljallangan oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvalini ham ko‘rib chiqadilar, deyiladi ma'lumotda.

Avvalroq, Abdulaziz Komilov Moskvada rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashgandi. 2 mart kuni o‘tkazilgan Rossiya va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi davomida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid