Jahon | 18:40 / 12.03.2021
3371
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar yo‘tal tovushi orqali koronavirusga tashxis qo‘yadigan ilova yaratishdi

Ilova ishlab chiqaruvchilarining so‘zlariga ko‘ra, DeepCough3D oddiy va koronavirus chaqiruvchi yo‘talni farqlay oladi.

Foto: Getty Images/ Violetastoimenova

Buyuk Britaniyadagi Esseks universiteti olimlari odamda koronavirus bor-yo‘qligini uning yo‘tal tovushi orqali aniqlaydigan ilova yaratishdi. Bu haqda universitet saytida xabar qilindi.

Olimlar DeepCough3D ilovasini Ispaniya va Meksika shifoxonalaridagi 8,4 mingga yaqin bemorning yo‘tal tovushi namunalarida sinovdan o‘tkazishdi. Ularning 2,4 ming nafarida koronavirus laborator usulda tasdiqlangan. Mualliflar ilova kasallik bor-yo‘qligini 98 foiz holatda aniq aytib berishini ta'kidlamoqda.

Ilova ishlab chiqaruvchilarining so‘zlariga ko‘ra, DeepCough3D oddiy va koronavirus chaqiruvchi yo‘talni farqlay oladi. Olimlarning ta'kidlashlaricha, inson eshitish orqali bu farqni seza olmaydi. 

Ilova koronavirusni aniqlaydigan eng tez va arzon test bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid