Jahon | 19:35 / 18.03.2021
6873
1 daqiqa o‘qiladi

Gibraltar dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi emlashni yakunladi

Buyuk Britaniyaning dengizorti hududi bo‘lgan Gibraltar aholisi 34 mingga yaqin. 

Foto: Jorge Guerrero/AFP via Getty Images

Gibraltar dunyoda birinchi bo‘lib barcha katta yoshli aholini koronavirusga qarshi emlashni yakunladi. Bu haqda Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkok ma'lum qildi.

"Biz boshqa hududlarimiz kabi Gibraltarni ham vaksina bilan ta'minlamoqdamiz. Kecha Gibraltar barcha katta yoshli aholini emlash dasturini yakunlagan dunyodagi birinchi mamlakatga aylanganini e'lon qilishdan xursandman", - dedi Henkok.

Buyuk Britaniyaning dengizorti hududi bo‘lgan Gibraltar aholisi 34 mingga yaqin. 

Buyuk Britaniyada aholi koronavirusga qarshi AstraZeneca va Pfizer vaksinalari bilan emlanmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatning 25 milliondan ortiq fuqarosi emlab bo‘lingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid